Ichki ishlar organlari xodimlari kino ijodkorlari bilan uchrashdi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi, sohaviy xizmatlar vakillari ishtirokida o’tgan mazkur darsda boshqarma xodimi, katta leytenant Ma’ruf Xamidov “Turkiy davlatlar birdamligi – rivojlanish sari qadam” mavzuida chiqish qildi. Notiq tomonidan Samarqand shahrida bo’lib o’tgan turkiy davlatlar tashkilotining yangi formatdagi ilk sammiti haqida atroflicha ma’lumot berildi. Jumladan, ushbu tashkilotga kiruvchi davlatlar hududida 150 milliondan ortiq aholi istiqomat qilishi, O’zbekiston bu tuzilma faoliyatida 2019 yildan buyon faol ishtirok etib kelayotgani, o’tgan qisqa davr ichida davlatimiz rahbari tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 30 dan ortiq tashabbus va takliflar ilgari surilgani bayon etilib, mazkur sammitda erishilgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan kelishuvlar haqida so’z yuritildi.
SHundan so’ng yig’ilish qatnashchilarining taniqli kino ijodkorlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Gulchehra Sa’dullayeva, Abduhalil Mingnorov hamda kinoaktyor Ulug’bek YUnusovlar mamlakatimizda ilm-fan, san’at va madaniyatni, xususan kinoni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar haqida fikr bildirdilar. Kinofil’mlar ishlash, zamonamiz qahramoni obrazini yaratish kabi masalalarga to’xatilib o’tildi. O’z navbatida yig’ilish ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga san’atkorlardan javoblar olishdi.
YAkunda mehmonlar Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarixi muzeyida bo’ldilar. Ularga eksponatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.