3 May 2021 yil 939

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax viloyatida bo’ldi

Ishchi guruh Baxmal tumani G’allakon MFY hududiga tashrif buyurib, mahalla hududida yangi qurilgan MFY binosini borib ko’rdi. YAngi binoning shart sharoitlari, profilaktika inspektorining xizmat xonasi va tashkil qilingan mahalla huquq tartibot maskani faoliyati bilan tanishdi.

Qutlug’obod MFY Yo’ldoshboy qishlog’ida yashovchi, nochor oila A.Jo’raqulovning xonadoniga borib oilaviy va yashash sharoitlari bilan tanishdi. A.Jo’raqulov hozirgi kunda haydovchilik guvohnomasi ololmayotganligi, haydovchilik guvohnomasiga o’qish uchun moddiy mablag’i yo’qligi uchun Jizzax viloyati IIB tomonidan 1.200.000 so’m moddiy yordam puli berildi.

SHundan keyin, ishchi guruh O’smat SHFYda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori kapitan A.Boybekovning xizmat uyiga tashrif buyurib, SHFY raisi va profilaktika inspektorining oila-azolari bilan suxbatlashdi.

SHuningdek, vazir o’rinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Manas, G’allaorol, Mirzacho’l, YAngiobod, Do’stlik, SH.Rashidov tumanlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning ish faoliyatlari o’rganildi.

Vazir o’rinbosari hamda Jizzax viloyati IIB boshlig’i va tuman hokimi ishtirokida YAngiobod tumanida sayyor qabul o’tkazilib, fuqarolarning muammolari o’rganildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-6099 son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazir o’rinbosari boshchiligida xodimlar o’rtasida sport tadbiri tashkillashtirildi.

Tashrif davomida vazir o’rinbosari polkovnik B.T.Abdullayev xodimlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda yaxshi natijalarga erishgan xodimlarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

 

Text to speech