Ichki ishlar vaziri o’rinbosari Jizzaxda sayyor qabul o’tkazdi
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi Adirobod qishloq fuqarolar yig’inida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Najmiddin Turaxodjayevning sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Unda Zarbdor tumanining SHarq yulduzi, Adirobod, Oybek hamda YOshlik qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlari aholisi qatnashdi.
Tadbir avvalida ishbilarmonlik faoliyatini kengaytirmoqchi bo’lgan 2 nafar fuqaroga imtiyozli shartlarda kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar, “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga subsidiya asosida 5 ta tikuv mashinasi hamda 4 ta mikroto’lqinli pech’ topshirildi.
Bundan tashqari “Temir daftar”da turgan 8 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat moddiy yordam ko’rsatildi. SHuningdek, 16 yoshga to’lgan bir guruh yoshlar Ichki ishlar vaziri o’rinbosaridan shaxsni tasdiqlovchi ID kartalarni qabul qilib olishdi. YAna 2 kishining O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lish bilan bog’liq uzoq yillik orzusi ushaldi.
Tadbir davomida tengdoshlariga ibrat bo’layotgan faol yoshlarga “5 muhim tashabbus” doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorliqlari va kitoblar jamlanmalari topshirildi. SHundan so’ng bo’lib o’tgan muloqotlar jarayonida ishga joylashish, xorijga chiqish pasportini olish, nafaqa bilan ta’minlash, sog’likni tiklash, tadbirkorlik uchun kredit ajratish, oliy o’quv yurti kontrakt to’lovini to’lash, yo’llar ta’miri, ichimlik suvi, oqar suv, tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash, yo’l belgilari o’rnatish, uy-joyni ta’mirlash, sport zal barpo etish, tadbirkorlik sub’yektini elektr quvvati bilan ta’minlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish yuzasidan talab va takliflar bildirildi.
Ushbu masalalar yuzasidan 3- sektor ishchi guruhi, xususan, Jizzax viloyati hamda Zarbdor tumani tashkilotlari va korxonalari mas’ullariga topshiriqlar berilib, muammolarga yechim topish muddatlari belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal qilindi. Xususan, “YOshlar daftari”da ro’yxatda turgan bir nafar talabaning oliy o’quv yurti uchun kontrakt to’lovining 50 foizi to’lab beriladigan bo’ldi.
SHu kuni Zarbdor tumanini ijtiomiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha 3- sektor shtabi binosining ochilish marosimi ham bo’lib o’tdi. Tuman faollari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Najmiddin Turaxodjayev, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov, Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro’ziyevlar so’zga chiqib, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi, fuqarolar turmush madaniyatini yuksaltirish, sanoat korxonalari faoliyatini yo’lga qo’yish borasida erishilayotgan natijalar tilga olindi.
So’ngra ramziy lenta qirqilib, yig’ilganlar 3- sektor shtabida yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, tuman markazida barpo etilgan mazkur binoda sektor ishchi guruhi faoliyati uchun barcha sharoitlar mavjud. Majlislar zali ham bor. Bu yerda 3- sektorga qarashli Oybek, SHodlik, Do’stlik, Navro’z, YAngikent, Adirobod hamda Nurobod qishloq va mahalla fuqarolar yig’inlarining geografik joylashuvi, aholi tarkibi, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “YOshlar daftari”ga kiritilganlar, qilingan murojaatlar va mazkur murojaatlarning ijrosi bo’yicha atroflicha ma’lumot olish mumkin. 3- sektorda amalga oshirilayotgan ishlar sharoitlarga mos, desak xato bo’lmaydi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.