Ichki ishlar xodimlari muzeyga sayohat uyushtirdi
Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi transportda xafsizlikni ta’minlash bo’limi xodimlarining atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning hayoti, amalga oshirgan ishlari bilan yanada yaqinroq tanishish imkoni yaratildi. SHarof Rashidov yodgorlik muzeyiga uyushtirilgan sayohatda SHarof Rashidovning elu yurt farovonligi yulida kilgan ezgu ishlari, shahar-u qishloqlarni obod qilish, yo’llar qurilishi, aholining turmush darajasini yaxshilash borasidagi jasorati, ijodi xususida ma’lumot berildi. SHu ma’noda, hamyurtimizning yuksak rahbarlik qobiliyati, bilimi, olijanoblik hamda odamiylik fazilatlari aks etgan ilm-fan va madaniyat arboblari, paxta maydonlarida qishloq xo’jaligi xodimlari bilan uchrashuvlari, zavod va fabrika ishchilari, quruvchilar bilan samimiy muloqotlari aks etgan fotolavhalari tanishtirildi. Ayniqsa, SHarof Rashidovning mohir siyosatchi sifatida sobiq ittifoq delegatsiyasi bilan xorijiy mamlakatlarga qilgan safarlariga oid eksponatlar xodimlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Aytish joiz, o’zbek xalqining zabardast farzandi juda murakkab va og’ir yillarda mamlakatimizni boshqarib, yurt taraqqiyoti yo’lida fidokorona xizmat qilgan. SHu bilan birga milliy adabiyot va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo’shdi.
Qisqasi, uyushtirilgan tadbir atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning hayoti va faoliyati ichki ishlar organlari xodimlarini Vatan va xalq manfaatlariga xizmat qilish sharafli va muqaddas burch ekanligini, jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyg’ularini yana oshirishga xizmat qildi.