9 Avgust 2023 yil 548

IIB boshlig’i qizil toifadagi mahallalarda bo’ldi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov viloyatdagi kriminogen vaziyatiga ko’ra qizil toifaga kiritilgan mahallalarda bo’lib, beshliklar bilan muloqot o’tkazmoqda. Jumladan, IIB boshlig’i Arnasoy tumanining 3218 nafar fuqaro istiqomat qiladigan Oltin vodiy mahallasida bo’ldi.

Mahalla beshligi bilan o’tkazilgan suhbat davomida hududda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari, fuqarolar yig’ini raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faolining huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan faoliyati, profilaktika inspektori tomonidan kiritilgan xulosalar bo’yicha qilingan ishlarga e’tibor qaratildi. SHu bilan birga mazkur yo’nalishlarda yuritilayotgan ish hujjatlarining sifati ham o’rganildi.

Ayni mazmundagi uchrashuv Mirzacho’l tumanining 4700 kishi yashaydigan Mustaqillik mahallasida ham bo’lib o’tdi. Aytish joiz, mahalla beshliklari bilan kechayotgan suhbatlar davomida shahar va tumanlar hokimlari ishtirok etmoqda. Bu jihat ayrim masala va muammolarni hamkorlikda hal etish imkonini beryapti.        

 

Text to speech