IIB boshlig’iga biriktirilgan yoshlarga ko’mak ko’rsatilmoqda
Joriy yilning 11 aprel kuni respublikamiz Prezidenti raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlariga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazilgan va mazkur tadbirda davlat idoralari mas’ullariga yoshlarni biriktirish tashabbusi ko’tarilgan edi. SHu ma’noda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovga 55 nafar yoshlar biriktirilgan bo’lib, 3- sektor rahbari tomonidan ularning muammolarini hal qilish choralari ko’rilmoqda.
Jumladan, Jizzax shahrining Ittifoq mahallasida yashovchi Maqsud Murodullayevning tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnomasi va fuqarolik pasporti yo’qligi aniqlanib, unga ushbu hujjatlarni rasmiylashtirish choralari ko’rildi. Maqsud Murodullayevga tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma hamda ID kartani viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov topshirdi.
SHuningdek, viloyat IIB hisobidan Jizzax shahrining Tinchlik mahallasida yashovchi Doston Botirovning turar joyi kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib berildi. Ayni vaqtda uning uyini ta’mirlash va elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash choralari ko’rilayotir. O’z navbatida viloyat IIB boshlig’i Doston Botirov bilan suhbatlashdi va uning doimiy tarzda qo’llab-quvvatlanishini bildirdi.