21 Fevral 2022 yil 527

IIO xodimlari ingliz tilini o’rganishadi

G’allaorol tumani ichki ishlar bo’limi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligining Jizzax viloyati bo’yicha vakillik organi o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda mamlakatimiz rahbarining 2021 yil 19 may kungi “O’zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish faoliyatini yangi boskichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar xususida so’z bordi. SHuningdek, o’quv kurslari davomida tinglovchilar ingliz tilini olti oyda V-I hamda bir yilda V-2 darajasida o’rganishlari mumkinligi ma’lum qilindi.

Tadbir davomida xodimlar mashg’ulotlarning tashkil qilinishiga oid savollariga javob olishdi. SHu kuni tuman ichki ishlar organlari xodimlarining 30 nafari kurslarda qatnashish istagini bildirishdi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech