7 Fevral 2022 yil 555

IIV akademiyasi kursantlariga onlayn master-klass o’tkazildi

Hududiy ichki boshqarmalari mas’ullari tomonidan IIV akademiyasi kursantlariga onlayn tarzda mahorat darslari o’tilishi an’anaga aylangan. CHunonchi, navbatdagi master-klass Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi hamda jinoyat qidiruv boshqarmasining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo’limi, shuningdek axborot xizmati vakillari ishtirokida tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan muhim masalalar hamda ichki ishlar organlari va OAV vakillari, shuningdek ijtimoiy tarmoq faollari o’rtasidagi munosabatlar, muammolar va ularning yechimi mavzularida bo’lib o’tdi. Mazkur jarayonda  viloyatda ro’y bergan bir qator kiberjinoyatlar tafsilotlarini bayon qilib, ularni fosh etish borasida qo’llanilayotgan uslub va texnologiyalar haqida ma’lumot berildi.

Jurnalist va ijtiomiy tarmoq faollari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, sohaga oid voqealar hamda yuz berayotgan jinoyatlarni yoritish masalasi ham e’tiborda bo’ldi. O’quv jarayonida kursantlar har bir mavzu bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.       

 

Text to speech