IIV О’z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo’yicha bo’limi xodimlari qidiruvdagi shaxsni qo’lga olishdi
Ichki ishlar organlari xodimlari 2021 yilning 24 martidan buyon Jizzax viloyati Do’stlik tumani Sanoatchilar mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi R.J. ni qidirayotgan edilar. Bunga uning O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276- moddasi 2- qismi (giyohvandlik vositalari, ularning anologlari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) da ko’rsatilgan jinoyatni sodir etganligi sabab bo’ldi. SHu asosda huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qamoq ehtiyot chorasini qo’llash belgilandi.
Ammo R.J. qochib qoldi. IIV О’z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo’yicha bo’limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qochoqning Mirzacho’l tumanidagi yashirin manzili aniqlanib, qo’lga olingan. Ayni vaqtda u hibsxonada.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.