19 Dekabr 2022 yil 730

Ijtimoiy tarmoq orqali o’g’irlik qildi

Jizzax viloyati Arnasoy tumani G’afur G’ulom mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi U.U. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, unga tegishli bo’lgan bank plastik kartasidan noma’lum shaxs 750 ming so’m yechib olganligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani CHanoq mahalla fuqarolar yig’inida doimiy, Toshkent shahrining CHilonzor tumanida vaqtincha ro’yxatga olingan B.S. sodir etgani aniqlandi. Ayblanuvchi bu ishni ijtimoiy tarmoq ilovasi orqali amalga oshirgan. Undan 4 dona bank plastik kartasi hujjatlashtirib olindi.

Text to speech