Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan voqea aslida qanday bo’lgandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani YAngiobod mahalla fuqarolar yig’ini YOshlik ko’chasi 1/6- uyda yashovchi Zulxumor Xonnazarovaning tan jarohati olganligiga oid videomaterial tarqaldi. Aytish joiz, mazkur videomaterialda Zulxumor Xonnazarova bilan ro’y bergan voqea tafsilotlari noto’g’ri bayon etilgan.
Qisqasi, 2022 yil 2 yanvar’ kuni 1966 yilda tug’ilgan Zulxumor Xonnazarova respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialidan tibbiy yordam olgan. SHuningdek, ayol SHarof Rashidov tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, turmush o’rtog’i V. H. hamda o’g’li A.H. uni urganligi, shu sababli turmush o’rtog’iga chora ko’rishlarini so’ragan.
Bundan tashqari 2022 yil 3 yanvar’ kuni SHarof Rashidov tumani YAngiobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi SH.M. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Zulxumor ismli ayol uning turar joyiga kelib, janjal chiqarayotganligini bildirgan. Ushbu holat va murojaatlarning barchasi bo’yicha qonunda belgilangan harakatlar amalga oshirilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
YAna ham aniqrog’i, olib borilgan surishtiruvlar davomida Zulxumor Xonnazarova hamda uning turmush o'rtog'i 2022 yil 2 yanvar kuni o’g’li A.H.nikiga borishgani ma’lum bo’ldi. SHu yerda Zulxumor Xonnazarova homilador kelini M.N bilan janjallashgan. Mazkur janjal to’g’risida ichki ishlar organlariga A.H.ning qo’shnilari xabar berganlar. Voqea joyiga yetib kelgan profilaktika inspektori holatga aniqlik kiritib, profilaktik tushuntirish ishlarini olib boradi. Oila a’zolari tinchlanib, boshqa janjal qilmasliklarini ma’lum qilishgach, ichki ishlar organlari xodimi ketadi.
Ammo oradan 1 soat o’tgach A.H.ning uyida yana janjal bo’layotgani to’g’risida ichki ishlar organlariga xabar berilgan. Manzilga 2 nafar profilaktika inspektori yetib borgan. Vaziyatga aniqlik kiritgan ichki ishlar organlari xodimlari sodir etilishi mumkin bo’lgan huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Zulxumor Xonnazarovani soat 21.34.da narkologiya dispanseriga joylashtirishgan. Profilaktika inspektorlarining bunday yo’l tutishlariga Zulxumor Xonnazarovaning janjallashishdan to’xtamaganligi sabab bo’lgan.
Narkologiya dispanseri qaydnomasida Zulxumor Xonnazarova alkogol’ tasiridan mastlik holati o’rta darajada ekanligi, tanasining lab qismi va tirsaklarida shilinma jarohatlar mavjudligi, shuningdek Zulxumor Xonnazarova ushbu jarohatlar turmush o’rtog’i tomonidan yetkazilganligini ma’lum qilgani to’g’risidagi yozuvlar kiritilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasi Zulxumor Xonnazarovaning jarohatini sog’ligining buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati sifatida baholagan. Zulxumor Xonnazarovaning oila a’zolari B.H., A.H., M.N. o’z ko’rsatmalarida IIB xodimlari ayolga jarohat yetkazishmagani, jarohatlarni turmush o’rtog’i B.H. yetkazganligini ma’lum qilishgan. O’z navbatida B.H.ning turmush o’rtog’iga tan jarohati yetkazganligi yuzasidan huquqiy baho berish choralari ko’rilmoqda. Xuddi shunday, vaziyatga atroflicha aniqlik kiritish maqsadida profilaktika inspektorlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.