Ikki nafar fuqaro avtomobillarga gaz quyish shohobchasida o’g’irlikka qo’l urdi
Joriy yilning 24 oktyabr’ kuni Mirzacho’l tumani ichki ishlar bo'limiga Do’stlik tumani YAngiobod MFYda yashovchi fuqaro J. M. ariza bilan murojaat qildi. Arizachi murojaatida shu kuni soat 17-10 lar atrofida “G’alaba” mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shohobchasi hududida ikki nafar noma’lum shaxslar cho’ntagida bo’lgan 1.050.000 so’m pullarini o’g’irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Jizzax shahar Halqobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqarolar Q. SH. va Jizzax shahar Oqqo’rg’onlik mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi I. T. sodir etganligi aniqlandi. Daliliy ashyo tariqasida 1.010.000 so’m pullar hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo’limi huzuridagi tergov bo’limi tomonidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.