“Yashil makon” loyihasi doirasida Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan daraxt ko`chatlari ekildi
Sharof Rashidov tumanidagi Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasiga
qarashli 23 gektar maydonga ega boqqa soha vakillari tomonidan 2 ming tup olma,
gilos va nok nihollari ekildi. Natijada bog`dagi daraxtlar soni 5 yarim
mingtadan oshdi. Ekinlarni sug`orish maqsadida 3 ta artezian qudug`i kovlanib,
3 gektar erda tomchilatib sug`orish tizimi yuzaga keltirilgan. Kelasi yil
boshiga qadar yana bir yarim gektar maydonda tomchilatib sug`orishni yo`lga
qo`yish rejalashtirilgan.
Umuman, olganda Jizzax viloyati hududiy ichki ishlar organlari va
sohaviy xizmatlari xodimlari bu yil kuzda 5 ming tup mevali va manzarali daraxt
ko`chatlarini ekishni mo`ljallashgandi.
Mazkur reja bugunda 2 ming 16 tupga oshirib bajarilgan. Ekish davri
tugagunga qadar yana ming tup nihol o`tqazish ko`zda tutilyapti.
Natijada bu yil hisobiga soha vakillari mehnati bilan viloyatning har
bir shahar va tumanida bittadan bog` yuzaga keltirildi. Binobarin, ayni
maqsadda Baxmal va Zomin tumanlari ichki ishlar organlari xodimlari ming
tupdan, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi 800 tup,
arnasoylik soha vakillari esa 700 tup mevali va manzarali daraxt ko`chatlarini
erga qadadilar.