“Yashil makon” loyihasida ichki ishlar organlari xodimlari faol ishtirok etdi
Prezidentimiz rаisligidа shu yilning 11 oktyabr kuni
o`tkazilgan videoselektr yig`ilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasining
kuzgi mavsumini tashkil etish doirasidagi ishlar ko`rib chiqilib, ustuvоr
vаzifаlаr va chora-tadbirlar aniq belgilab berilgan edi. Shu asosida Jizzax
viloyatida ham ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishda Jizzax viloyati
ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etishayapti.
Zafarobod tumanining Samarqand mahallasida “Obod
xonadon”, “Obod ko`cha” va “Obod mahalla” dasturi doirasida bunyodkorlik
ishlari olib borilmoqda. O`tgan shanba kuni mahallada hashar uyushtirildi.
Mahallaning bo`sh turgan 2 gektar erini boqqa aylantirish maqsad qilingan
xayrli tadbirda tumandagi korxona va tashkilotlar, mahalla ahli hamda keng jamoatchilik
qatori viloyat IIO xodimlari ham jonbozlik ko`rsatishdi.
Ta’kidlash joiz, ko`chatlar hududning iqlim
sharoitidan kelib chiqib bog`lar hosil qilish va ko`kalamzorlashtirishni
nazarda tutgan holda tanlab olindi. Hashar davomida viloyat 3- sektor rahbari
endilikda o`tqazilgan ko`chatlarni agrotexnik talablar asosida parvarish
qilish, mineral va organik o`g`itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan
himoya qilib borish zarurligini uqtirdi. Shu kungi hasharda jami 2 mingta
mevali va manzarali daraxt ko`chatlari o`tqazildi.
Jarayonda Jizzax viloyati IIB boshlig`i,
general-mayor G`ayrat Qodirov hududda dastur doirasida olib borilayotgan
ishlar, mahalla fuqarolar yig`ini idorasi qurilishining borishi bilan ham
tanishdi. Mas’ullar ishtirokida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib,
obodlik ishlarini yanada kengaytirish bo`yicha vazifalar belgilandi.
Daraqiqat, yurtimizda ko`chat ekib bog` yaratish
tashabbusi keng ko`loch yoygan. Qaysiki hududda bo`lmang, ayni yo`nalishda
qizg`in ish olib borilayotganiga guvoh bo`lasiz. Daraxtzorlarni ko`paytirishga
qaratilgan umummilliy loyiha doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi
tomonidan yana bir ezgu ishga qo`l urildi. Xususan, Sharof Rashidov tumanining
Oqtosh ota MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O`zbekiston” massivi yonidagi
adirlikda ichki ishlar bog`i barpo etilayapti. Ko`chat ekish ishlarida viloyat
IIB sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan iqlim sharoitiga mos bo`lgan 600 ta
mevali va manzarali ko`chatlar o`tqazildi.
Qayd etish joiz, mazkur mazkur hudud lalmi joy
ekanligi hisobga olinib, daraxt ko`chatlarini sug`orish masalasiga alohida
e’tibor qaratilgan. Ayni maqsadda zarur choralar belgilanib, uni amalga
oshirish, shu bilan birga ekilayotgan ko`chatlarni parvarishlash, mineral va
tabiiy o`g`itlar bilan ozuqalash ham ko`zda tutilgan.
Bugungi kunda ekologik muammolar ko`plab
mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon
hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Jizzax viloyati ichki ishlar
organlari xodimlari ham hayotimiz, salomatligimiz uchun muhim bo`lgan daraxt
ekish ishlarida faollik ko`rsatish orqali atrof-muhitni sog`lomlashtirish,
xilma-xil manzaralar barpo etishda o`z hissalarini qo`shishmoqda.