22 Fevral 2025 yil 75

“Yashil makon“ umummilliy loyihasi doirasida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari munosib hissa qo`shmoqda

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etishda Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari munosib hissa qo`shmoqdalar. Chunonchi, ular Sharof Rashidov tumanining “Kuyovboshi” mahallasida 8 gektarlik bog` yaratishga bel bog`lashgan. Ayni maqsadda 150 nafar soha vakillari ishtirokida hashar uyushtirilib,  250 tup tog` gilosi, 250 tup chilonjiyda, 250 tup ahmadiy pistasi, 250 tup goji, 250 tup bodom nihollari o`tqazildi.

Hasharda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov ham ishtirok etdi. Shuningdek, 3- sektor rahbari mazkur bog`da tomchilatib sug`orishni yo`lga qo`yishga oid loyiha bilan tanishdi. Bu jarayonda qirlik ustida 250 metr kub sig`imga ega inshootni barpo etish hamda 1 kilometrdan oshiqroq uzunlikda quvur yotqizishga kelishib olindi

Boshqarma boshlig`i mahalladagi ichki ishlar organlari xodimlari uchun barpo etilayotgan yakka tartibdagi turar joylar qurilishini ham ko`zdan kechirdi. Quruvchilar bilan kechgan muloqotda 28 o`rinli mehmonxona hamda avtomobillar turargohini bunyodga keltirish, ichimlik suvi, tabiiy gaz va oqova tarmoqlarini tortish hamda quyosh panellari o`rnatishga doir masalalar tilga olindi. 

Ma’lumot o`rnida aytish kerak, hududda ichki ishlar organlari xodimlari uchun 56 ta yakka tartibdagi turar joy foydalanishga topshirilgan. Ayni vaqtda yana 48 ta ana shunday uy qurilmoqda. Aytgancha, joriy mavsumda 8 gektarlik qirlikning 5 gektarini ko`kalamzorlashtirish mo`ljallanyapti.

Text to speech