Ilg’orlar rag’batlantirildi, navbatdagi unvonlar topshirildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Boshqarma shaxsiy tarkibi, sohaviy xizmatlar vakillari hamda faxriylar ishtirokida uyushtirilgan tadbir avvalida so’zga chiqqan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan ichki ishlar organlari tizimidagi o’zgarishlar haqida atroflicha fikr bildirdi. Shundan so’ng shaxsiy tarkibda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish masalasi ko’rib chiqildi.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonovning tegishli buyrug’i asosida bir guruh xodimlar samarali xizmatlari uchun “Ichki ishlar organlaridagi benuqson xizmatlari uchun” ko’krak nishonlari, faxriy yorliq, esdalik qo’l soati va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug’i asosida 12 nafar ichki ishlar organlari xodimlariga leytenant maxsus unvonlari berildi.
Yig’ilishda podpolkovnik Abdurahmon Normatovning Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi direktori o’rinbosari lavozimiga tayilanganligi e’lon qilindi. Bungacha Abdurahmon Normatov Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi kadrlar boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari lavozimida edi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.