Insonparvarlik tamoyili - amalda
Jizzax viloyati hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. SHu qatorda IIO probatsiya guruhi hisobida turib jazo o’tayotgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish va qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish, belgilangan tartibga amal qilib, tuzalish yo’liga o’tganlariga insonparvarlik tamoyili qo’llanilmoqda. Xususan, Arnasoy tumani IIB probatsiya guruhining taqdimnomasi asosida JIB tuman sudi tomonidan sayyor sud majlisi o’tkazildi.
Sudda qilgan ishidan chin ko’ngilda pushaymon bo’lib, tuzalish yo’liga o’tgan Arnasoy tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida ozodlikni cheklash, axloq tuzatish hamda muayyan huquqdan mahrum etish jazosini o’tayotgan 6 nafar mahkumlarning ishi ko’rildi. Ushbu shaxslar jazo o’tash davrida belgilangan tartibga og’ishmasdan rioya qilgani, ish va yashash joyidan, shuningdek probatsiya guruhi tomonidan ijobiy tavsiflanganligi bois muddatidan ilgarli shartli ravishda ozod etildi.
SHu kuni mahkumlarga jazo o’tash tartibi, belgilangan qoidalarga to’liq rioya qilganlarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan yengilliklar hamda jazodan bo’yin tovlashning xuquqiy oqibatlari ham tushuntirildi.