Inspektor-psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarining kasbiy bilim va ko`nikmalari oshirildi
IIV hamda viloyat IIB boshlig`ining tegishli
farmoyishlari asosida Jizzax viloyati IIO huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo`linmalarining voyaga etmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixologlari
va xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarining kasbiy bilim va
ko`nikmalari oshirildi. Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda tashkil
etilgan bir haftalik o`quv mashg`ulotlari davlat boshqaruvi va huquq-tartibot
organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarining rahbarlari, ta’lim muassasalarining
professor-o`qituvchilari, shuningdek IIOning tegishli sohaviy xizmatlari
xodimlari tomonidan o`tildi. O`quvlarda xizmat faoliyatiga oid huquqiy
hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati hamda belgilangan vazifalar
tushuntirildi.
O`quv yig`ini so`nggida xodimlardan belgilangan
tartibda sinovlar qabul qilindi.
Yakunda viloyat IIB boshlig`i o`rinbosari, JXX
boshlig`i, podpolkovnik Rahmatulla Bo`riev mazkur mashg`ulotlar xodimlarning
kelgusi xizmat faoliyatida samaradorlikni oshirish, amaliyotda uchrayotgan
muammmolarga echim topishda muhim ahamiyat ega ekanligini ta’kidladi. Shundan
so`ng xodimlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.