Institutda profilaktik tadbir o’tkazildi
Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo’linmasi xodimlari Jizzax politexnika institutida talabalarning darslarga qatnashishi o’rganildi.
Aniqlanishicha, institutning qurilish materiallari muhandislik fakul’tetining birinchi bosqich 802- guruhida 8 nafar, 803- guruhida 21 va 804- guruhida 13 nafar talaba dars mashg’ulotlarida sababsiz qatnashmagan. Xuddi shunday, kimyo texnologiyalari va transport fakul’tetlarining 2 ta guruhida 5 va 10 nafardan talabalar darsga kelmagan.
Tadbirda dars mashg’ulotlarida talabalarning to’liq qatnashishini ta’minlash bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yoshlarning sumkada sovuq qurol yoki hayot va sog’liq uchun xavfli hamda boshqa turdagi jinoyat quroli sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan buyumlarni olib yurmasliklari tushuntirildi.
SHuningdek, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi tomonidan talaba yoshlar ishtirokida uchrashuv uyushtirildi. Jizzax shahrida qonunbuzarliklar sodir etganlar orasida institut talabalari ham borligi achinarli ekanligi tilga olindi. Og’ir tan jarohati yetkazish bilan bog’liq holatlarning oqibatlari, unga yo’l qo’ygan sabab va omillar qayd etildi. SHuningdek, firibgarlar tuzog’iga tushib qolmaslik, bank plastik kartalarining yashirin kodlarini hech kimga aytmaslik, turar joylarida tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyotkor bo’lishlari lozimligi yetkazildi.
Xullas, profilaktik tadbirda yoshlarga har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi uqtirildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati