9 Sentyabr 2024 yil 2045

Intellektual kameralar o`rnatildi

Zafarobod tumanining aholi gavjum joylari, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda chorrahalariga intellektual videokuzatuv kameralari o`rnatilayapti. Chunonchi, “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida tumanning “Bo`ston”, “Samarqand” va “Uzun” MFYga 16 ta videokameralari qo`yildi. Tuman prokurori va tuman IIB boshlig`i hamda mutasaddilar ushbu kameralarning joylashuvini ko`zdan kechirishdi.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, kameralarning 5 tasi yuzdan shaxsni tanish, 8 tasi avtotransport vositalarining davlat raqamini aniqlashga ixtisoslashgan. Shuningdek, 4 tasini 360 daraja aylanuvchi videokuzatuv kameralari tashkil etadi.

Ma’lumot o`rnida, kelgusida tuman hududiga o`rnatiladigan shunday intellektual kameralar sonini 66 taga etkazish ko`zda tutilgan. Hozirda sog`liqni saqlash va ta’lim muassasalariga ham yuzdan shaxsni tanuvchi videokuzatuv kameralarini o`rnatish ishlari olib borilayapti. Shu qatorda 10 ta mahallaga aholini ogohlikka chaqirish uchun ovoz kuchaytirgichlar ham o`rnatildi.

Bundan tashqari tuman qo`riqlash bo`limi xodimlari tomonidan fuqarolarga xonadonlar va tadbirkorlik ob’ektini ishonchli qo`riqlash, bunda o`rnatiladigan maxsus jihozlarning afzalligi va qulayligi, xizmat ko`rsatish tartiblari targ`ib qilinayapti.

Text to speech