Ishchi guruh faoliyatidan
Ichki ishlar vaziri o’rinbosari — ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatidagi o’rganishlarining dastlabki kunida Jizzax shahri hamda Paxtakor, SHarof Rashidov tumanlari ichki ishlar boshqarma va bo’limlarida xodimlar uchun yaratilgan xizmat sharoitlari bilan tanishdi. Mazkur jarayonda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, tergov va surishtiruv o’tkaziladigan xonalarning kuzatuv kameralari va ovoz yozish qurilmalari bilan ta’minlanishi, shaxsiy tarkibning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
SHuningdek, ishchi guruh Paxtakor tumani IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, probatsiya guruhlari uchun bunyod etilayotgan binolar hamda vaqtincha saqlash hibsxonasi qurilishi bilan tanishdi. Bundan tashqari Zafarobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha 3- sektor shtabida bo’linib, ishchi guruh faoliyati uchun yuzaga keltirilgan imkoniyatlar o’rganildi.