23 Avgust 2023 yil 678

Ishchi guruh Jizzaxda

Bugun Ichki ishlar vaziri o’rinbosari — ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatida jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o’rganishni boshladi. Mazkur jarayonda qizil toifadagi mahallalar, voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar, sudlarda nizolashayotgan shaxslarning muammolarini aniqlash va hal qilish, kiberjinoyatlarning oldini olish va bu turdagi qonunbuzarliklarni “issiq izi”da fosh etish, fuqarobay ishlash, shaxsiy tarkibda xizmat va ijro intizomini mustahkamlash kabi bir qator masalalarga e’tibor qaratiladi. SHuningdek, qonunbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni jilovlash borasida Buxoro tajribasini viloyatda qo’llash choralari belgilanadi.

SHu ma’noda boshqarmada viloyat IIB, sohaviy xizmatlar, hududiy ichki ishlar organlari mas’ullari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Tadbirda soha vakillarining joriy yilning o’tgan davrida qonunbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni fosh etish, qidiruvdagilarni ushlashga oid faoliyati tahlil etildi. SHundan so’ng huquqbuzarliklar profilaktikasi yo’nalishida aniqlangan kamchiliklar ko’rib chiqildi. Ko’tarilgan masalalar yuzasidan Ichki ishlar vaziri o’rinbosari — ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov chiqish qildi.

Text to speech