24 Avgust 2023 yil 619

Ishchi guruh faoliyatidan

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari - ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh IIV Jizzax akademik litseyida bo’lib, ta’lim sharoitlari va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o’rgandi. SHu kuni ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi, viloyat IIB jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo’limida xodimlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda nomzodlarni sinovdan o’tkazish uchun yaratilgan imkoniyatlar ham ko’zdan kechirildi. Mazkur muassasalar vakillari bilan o’tkazilgan muloqotlar davomida ta’lim sifatini oshirishga oid tavsiya va topshiriqlar berildi.

Text to speech