23 Iyul 2021 yil
765
Ishchi va’dasida turmadi
Samarqand viloyati Ishtixon tumani CHordara mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, Jizzax shahridagi oliy o’quv yurti talabasi ichki ishlar organlariga murojaat qilib, Zarbdor tumanining Bo’ston shaharchasida yashovchi shaxs unga firib berganligini bildirdi. Ma’lum bo’lishicha, avtomaktabda ishchi bo’lib ishlaydigan mazkur shaxs 2020 yilning yanvar’ oyida haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, talabadan 1 million 825 ming so’m undirgan.
Ammo ishchi va’dasida turmadi, shu bilan birga pulni ham qaytarmadi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.