2 Dekabr 2021 yil
569
Ishga joylashni va’da qilgan
Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Fayziobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi I.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 2020 yilning dekabr’ oyida Jizzax shahrining Olmazor mahalllasida yashovchi I.G. viloyat kardiologiya dispanseriga hamshira sifatida ishga joylab qo’yishni va’da qilib, undan 7 million so’mni firibgarlik yo’li bilan olganligini bildirgan. Ammo jabrlanuvchiga hamshiralik xalatini kiyish nasib etmadi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilgan. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, ayblanuvchi Jizzax shahridagi shifoxonalardan birida hamshira bo’lib ishlaydi.