Istiqlolda aholi muammolarini o`rganish maqsadida sayyor qabul o`tkazildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari,
podpolkovnik Hamidulla Abdullaev Baxmal tumanining Istiqlol mahallasida sayyor
qabul o`tkazdi. Qabul avvalida bir necha ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam,
o`zini o`zi band qilish uchun 9 kishiga subsidiya asosida tikuv moshinkasi, 5
kishiga elektr pechlari va isitish jihozlari, 5 nafar yoshlarga kasbga
o`qitilganligi to`g`risida sertifikatlar topshirildi.
Muloqotda Istiqlol va Bog`ishamol mahallalarida yashovchi 15 ga yaqin
fuqarolar boshqarma boshlig`ining o`rinbosaridan o`zlarini qiynayotgan
muammolarini hal etishda yordam so`rashdi. Xususan, ichki ko`chalarga shag`al
yotqizish, elektr tayanch ustunlari o`rnatish, moddiy yordam ajratish,
salomatligini tiklashga oid masalalar mutasaddilar ishtirokida muhokama
qilinib, ularni hal qilish choralari belgilandi.
Bundan tashqari subsidiya asosida uy-joy olish, fuqarolik pasporti,
oliy ta’lim uchun shartnoma pulini to`lash, tabiiy gaz tarmog`iga ulanish kabi
murojaatlarga ham echim izlandi. Qabulda ko`tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy va
maishiy masalalarini o`z vaqtida bartaraf etish bo`yicha mas’ullarga
topshiriqlar berildi.