25 Avgust 2023 yil 1074

Ishchi guruh faoliyatidan

Ichki ishlar vaziri o’rinbosari – ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig’i, general-mayor Davron Nazarmuxamedov IT park Jizzax filiali faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda viloyatda raqamli iqtisodiyotni keng rivojlantirish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash va ularga shart-sharoitlar yaratib berish, aholining, ayniqsa yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini oshirish borasidagi ishlarga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyati IIBga qarashli 40- sonli MTTda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ham ko’zdan kechirildi.

Ushbu kaptal ta’mirlash ishlari “Qurilish broker servis” MCHJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda. 360 o’rinli muassasaning hozirda mashg’ulot xonalari, yo’laklar bilan birga yoz oylarida dam olishga mo’ljallangan soyabonlarni payvandlash, bo’yoqlash ishlari olib borilmoqda. Bunyodkorliklar yana sanoqli kunlardan so’ng, aniqrog’i sentyabr’ oyining dastlab kunlariga yakunlanishi ko’zda tutilgan. O’rganish chog’ida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun zarur sharoitni yaratish, tarbiyachi va pedagoglarni o’quv uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash masalalariga ham diqqat qilindi.

SH.Rashidov tumani “Kuyovboshi” MFY hududida yakka tartibda uy-joylar qurilmoqda. Ichki ishlar vaziri o’rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuhamedov, viloyat hokimi Ergash Saliyev hamda viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovlar mazkur bunyodkorlik ishlarining borishini ko’zdan kechirishdi. Quruvchilar bilan muloqot davomida turar joylarda yaratiladigan imkoniyatlar, elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi va oqova tizimlarini yuzaga keltirish borasida qilinishi lozim bo’lgan masalalar tilga olindi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, barpo etilayotgan 104 ta uyning har biri 3 xona va 6 sotix maydonga ega bo’ladi. Turar joylarni joriy yil 25 oktyabr’ – Ichki ishlar organlari xodimlari kunida foydalanishga topshirish reja qilingan.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech