16 Mart 2021 yil 612

Iqtidorli yosh sportchilar saralandi

SHu yilning 12, 13 mart kunlari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida sportning qo’l janggi turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi uyushtirildi.

Litsey ochiq birinchiligi musobaqasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Uning ochilishida sportning inson salomatligida tutgan o’rni va ahamiyati xususida so’z bordi. Sportni sev, sport bilan yasha shiori ostidagi bellashuvda sportchilar 9 ta vazn toifasida bahsga kirishdilar. Mazkur birinchilik o’z navbatida viloyat, respublika terma jamoalariga sportchilarni saralash vazifasini ham o’tadi deyish mumkin.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda litsey o’quvchilari murabbiylar Po’lat Mannonov va Jahongir Abdurahmonovlar rahbarligida sportning qo’l janggi va aralash jang san’ati turlari sirlarini o’rganmoqdalar. Turli chempionatlarda qatnashgan sportchilarning erishgan natijalari ham quvonarli. Xususan, SHaxboz Mo’minov, Asadbek Murodov, Sarvar G’aniyev, Munosib Mamajonov qizlardan Muslima G’aniyeva, Fotima Tinchlikovalar turli bellashuvlarda kuchini namoyon etib, shohsupada yuqori o’rinni band etib kelishmoqda. Ayni damda esa bilim dargohida 3 nafar jahon, 2 nafar osiyo, 10 nafar respublika chempionlari ta’lim olish bilan birga sport sirlarini ham qunt bilan o’rganishmoqda. Hozirda litsey sportchilari viloyat, respublika va osiyo hamda jahon chempionatlariga qizg’in tayyorgarlik ko’rishayapti.

O’smirlar va qizlar o’rtasida bo’lib o’tgan mazkur musobaqa ham sportchilarning o’z imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o’tkazish, mahoratini namoyon etish imkoni berdi.

Qizg’in kechgan ochiq birinchilik yakunida har bir vazn bo’yicha g’oliblar nomi aniqlandi. YOsh sportchilar ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi ma’muriyati tomonidan munosib rag’batlantirildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech