9 Fevral 2022 yil 716

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materialga munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarlarda ichki ishlar organlari xodimi ko’chada yotgan ayolni ushlab turganligiga oid videotasvirlar tarqaldi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, ushbu hodisa 2021 yil 13 noyabr’ kuni Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Ravalliq mahalla fuqarolar yig’ini Hamid Olimjon ko’chasida ro’y bergan. O’sha kuni soat tungi 22.00. lar atrofida ichki ishlar organlariga fuqaro murojaat qilib, yo’lning qatnov qismida mast ayol yotganligini bildirgan.

SHu asosda hudud profilaktika inspektorlari Hamid Olimjon ko’chasiga yetib borib, yo’lda ko’ngilsiz hodisa ro’y berishining oldini olish maqsadida ayolni yo’l chekkasiga olish, shuningdek shaxsini aniqlash maqsadida ichki ishlar organlari tayanch punktiga keltirish choralarini ko’radilar. Ammo spirtli ichimlik ta’sirida bo’lgan ayol xodimlarga qarshilik ko’rsatib, shovqin ko’tarishda davom etadi.

Avtoulovga chiqarish jarayonida ayol qo’l va oyoqlari bilan profilaktika inspektoriga zarba berishga urinadi, bu harakatlari ish bermagach, u yerga yotib olib, faol qarshilik ko’rsatishda davom etadi.

Qisqasi, Baxmal tumani Do’stlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Z.M. viloyat narkologiya dispanseriga joylashtirilgan. O’tkazilgan tibbiy tekshiruv ayolning spirtli ichimlik ta’sirida ekanligini ko’rsatdi. Z.M.ning faol qarshilik ko’rsatganligi bo’yicha guvohlar ko’rsatmalari mavjud.

Text to speech