Jamoat xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda
Jizzax shahrida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri doirasida aholi o’rtasida targ’ibotlar bilan birga huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan suhbatlar qilinayapti. Oqqo’rg’onlik mahallasida o’tgan shunday tadbirda IIO xodimlari tomonidan 20 ga yaqin ma’muriy huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Ikki nafar shaxs esa sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo’lgan ashyolarni olib yurgani ma’lum bo’ldi.
SHuningdek, mahalla hududidagi bir martalik ish bilan ta’minlash markaziga boshqa shahar va tumanlardan ishlash maqsadida kelgan fuqarolar bilan ham profilaktik ishlar olib borildi. CHunonchi, Jizzax viloyati IIB JXX hamda Jizzax shahar IIB boshliqlari har bir huquqbuzarlik va jinoyat uchun javobgarlik muqarrar ekanligi hamda uning oqibatlarini tushuntirishdi.
Tadbir davomida yollanma ishchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, barmoq izlari va fotosuratlari olindi. O’rganishlar davomida huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan uch nafar shaxs profilaktik hisobga olindi va ularga yashash joylaridan murabbiylar biriktirildi. YAna uch nafari jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, fuqarolarning tinchligini buzuvchi harakatlar sodir etishi mumkin bo’lganligi sababli hushyor holga kelguniga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat mintaqaviy filialiga, nazoratsiz yurgan Zomin tumanida yashovchi bir nafar voyaga yetmagan ota-onasi va ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga topshirilguniga qadar Jizzax viloyati IIB JXX HPBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko’rsatish markaziga joylashtirildi. Qisqasi, o’tkazilayotgan profilaktik tadbirda aholi xushyorligini oshirish, sodir etilishi mumkin bo’lgan qonunbuzulishlarning oldini olishga xizmat qilayapti.
Hududida kriminogen vaziyatni yanada yaxshilash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tezkor-profilaktik va targ’ibot tadbirlar davom etmoqda.