Yangi tayinlov
Jizzax viloyati ichki ishlar organlari tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po’lat Bobojonovning 2022 yil 24 martdagi shaxsiy tarkibga oid buyrug’iga muvofiq podpolkovnik Askarov Uktam Baxromovich rotatsiya tartibida Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimidan ozod etilib, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Ayni shu tartibda Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan podpolkovnik Muratov Akmal Boxodirovich Sharof Rashidov tumani ichki bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, podpolkovnik Nurmatov Isroiljon Ibraimjonovich rotatsiya tartibida Do’stlik tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimidan ozod etilib, G’allaorol tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
O’z navbatida G’allaorol tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan podpolkovnik Naimov Bekzod Akram o’g’li rotatsiya tartibida Do’stlik tumani ichki ishlar bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Ana shu munosabat bilan o’tkazilgan tadbirlarda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov hamda tegishli shahar va tumanlar hokimlari so’zga chiqdilar. Mazkur jarayonda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda sektorlar faoliyatini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.