21 Fevral 2023 yil 459

“Yashil” quvvatning afzalliklari tushuntirildi

Joriy yil 10 fevral kuni mamlakatimiz Prezidenti Jizzax viloyatiga tashrifi davomida sektorlar rahbarlariga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni kuchaytirish, xususan muqobil energiyadan foydalanishni keng joriy etish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. SHu ma’noda Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Yangiobod tumani markazida hokimlik, tashkilot, korxona va muassasalar vakillari ishtirokida yig’ilish o’tkazdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan 1 kilovattdan 100 kilovatgacha miqdorda elektr quvvati yetkazib bera oladigan quyosh panellari haqida atroflicha ma’lumot berildi. SHuningdek, mazkur panellarning turlari, o’rnatish tartiblari, texnik shartlari, bu maqsadda ajratiladigan kreditlar va imtiyozlar tilga olindi. Yig’ilish yakunida fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishayotgan 30 nafar o’quvchilarga faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi.

Text to speech