10 Yanvar 2023 yil 657

Jazodan qutula olmadi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Bog’ishamol mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi I.I. Jizzax shahrining Alisher Navoiy mahallasi hududidagi ko’p qavatli uy qarshisida “Daewoo Brougham” rusumli avtoulovini qoldirgandi. Tunda mazkur avtomashinani noma’lum shaxs o’g’irlab ketdi.

Jabrlanuvchining ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida qidiruv amalga oshirilib, “Daewoo Brougham” Kimyogar mahallasi hududida texnik soz holatda topildi. Soha vakillari surishtiruvni davom ettirib, ushbu jinoyatni sodir etgan Zomin tumanining Qo’rg’on mahallasida yashovchi O’.R. ni qo’lga oldilar.

Text to speech