29 Mart 2021 yil 939

Jinoiy reja ish bermadi

Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani Pastki so’loqli mahalla fuqarolar yig’inidagi turar joylardan biriga 3 nafar shaxs o’g’irlikka tushishni rejalashtirganliklaridan xabar topdilar. SHu ma’noda, jinoyat sodir etilishi mumkin bo’lgan xonadon kuzatuv ostiga olindi. Natijada tunda xonadonga kirib, 5 million so’mni o’g’irlab chiqqan shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo’lga olindi.

Qonunbuzarlar SHarof Rashidov tumanidagi Kattaqishloq mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi B.A., Xayrobod mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, bosqinchilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan YO.G. hamda Pastki so’loqli mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi, o’g’irlikka qo’l urgani uchun sudlangan E.N. bo’lib chiqdi.      

Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo’zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech