22 Noyabr 2022 yil 417

Jinoyat muhokama etildi

1983 yilda G’allaorol tumanida tug’ilgan S.I. 2012 yildan buyon forishlik 1972 yildan tug’ilgan A.O’. bilan sha’riy nikoh asosida SHarof Rashidov tumani YAngidiyor mahallasida istiqomat qilib kelgan. Oila boshlig’i joriy yilning 28 aprelida mast holatda jamoat tartibini buzib, qo’shnilarini so’kkanligi uchun sud tomonidan ma’muriy jazo tayinlangan. Biroq u bundan to’g’ri xulosa chiqarmagan. Joriy yilning 15 noyabr’ kuni mahalladagi do’kondan vino va aroq sotib olib, yashash uyida iste’mol qilgan. Spirtli ichimlik ta’sirida turmush o’rtog’i bilan tortishib qolgan va ayoli S.I. unga ko’p spirtli ichimlik iste’mol qilmaslikni aytib gap qaytargan. SHunda er mast holatda “Nega meni haqorat qilasan” -deb qo’li bilan ayolining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda jabrlanuvchi S.I. voqea joyida vafot etgan, bir nafar voyaga yetmagan 2013 yilda tug’ilgan farzand esa ham otasiz, ham onasiz yetimlikda umr ko’rishga mahkum bo’ldi.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan 2022 yil 15 noyabr’ kuni O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, gumonlanuvchi A.O’. qamoqqa olingan. Ayni paytda viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidani tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoiy holat muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishda sektorlar rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar vakillari, korxona va tashkilotlar, muassasalar mas’ullari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida hududda aholi bandligini ta’minlash, iqtisodiyotni yuksaltirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi ishlar xususida so’z bordi. SHuningdek, mahallada sodir etilgan jinoyatning ayrim tafsilotlari ochiqlandi.

Muhokamada 39 yoshli ayolning bevaqt o’limiga sabab bo’lgan omillar tahlil qilindi, oqibatlari tushuntirildi. Mahalla faollari va nuroniylar holat yuzasidan fikrlarini bildirib, shu kabi mudhish holat takrorlanmasligi, qonunbuzilishlarga qarshi barcha birdek kurashishlari lozimligini qayd etishdi.

Tadbirda mahallada ishsiz aholi qatlami bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy muhofazalash, ona va bola salomatligini saqlash, yoshlarning iste’dodlarini yuzaga chiqarish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, hududda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish darajasini yaxshilash, noqonuniy alkogol’ mahsulotlari savdosiga qarshi kurashish lozimligi uqtirildi. Bundan tashqari o’nib kelayotgan avlod ta’lim-tarbiyasiga befarq bo’lmaslik, qonunchilikka rioya etish va huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslar bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarini hal etish, jamoat xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni jilolvlash bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech