26 Avgust 2021 yil 690

Jinoyat ochilmasdan qolmadi

2019 yilning 6 noyabr’ kuni tungi 23.40.larda Jizzax shahrining Tinchlik mahallasida yashovchi H.Q.ning uyida o’g’irlik yuz berdi. Noma’lum shaxs uy egalarining Toshkent shahriga to’yga ketganligidan foydalanib, turar joy yotoqxonasidagi javonda saqlanayotgan 1 million 100 ming so’mlik taqinchoqlar va 400 ming so’m pulni olib chiqib ketgan. Voqea joyini o’rganish davomida o’g’rining xonadonga tom orqali kirganligi ayon bo’ldi.

Afsuski, o’sha paytda olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari kutilgan samarani bermadi. Lekin jinoyatni fosh etish masalasi soha vakillari e’tiborida edi. Nihoyat surishtiruv natijasida mazkur qing’irlik Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Paxtaobod qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi, muqaddam o’g’irlik qilgani uchun sudlangan D.A. tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Ma’lum bo’lishicha, ayblanuvchi o’sha paytda taqinchoqlarni viloyatning Zarbdor tumani Alisher Navoiy mahallasida yashovchi N.P.ga 800 ming so’mga sotib yuborgan. Qisqasi, o’g’ri hibsga olindi.

Text to speech