Jinoyatchilikning oldini olish bosh maqsad
Zarbdor oyligi doirasida SHarof Rashidov tumanida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazolarni o’tayotgan mahkumlar ishtirokida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
SHarof Rashidov tuman hokimligida o’tgan tadbir ichki ishlar organlari probatsiya guruhi nazoratida turgan shaxslar uchun bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi bilan boshlandi. YArmarkada tuman aholi bandligiga ko’maklashish markazi hamda korxona va tashkilotlar ish joyini o’zgartirish istagida bo’lgan yoki ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarga bo’sh ish o’rinlarini taklif etdilar.
Tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhi hisobida turgan 172 nafar shaxs ishtirokidagi yig’ilishda viloyat prokurori o’rinbosari Barno Umarova jazoni ijro etish chog’ida mavjud qoidalarga rioya etish, belgilangan tartibni buzganlik uchun huquqiy jazo choralari ko’rilishi, ahloqan tuzalish yo’liga o’tgan mahkumlarga qonunchilikka asosan yengil jazo turlari qo’llanilishini tushuntirdi.
Yig’ilish sayyor sud majlisi bilan davom etdi. Sudda jinoyat ishlari bo’yicha SHarof Rashidov tuman sudi tomonidan to’rt nafar ozodlikni cheklash hamda ahloq tuzatish ishlari jazosini o’tayotgan mahkumlarning ishi ko’rib chiqildi. Aytish kerak, sudga chaqirilganlar jazoni o’tash tartib-qoidalariga qat’iy bo’ysinib, o’nglanish yo’liga kirganliklarini amalda isbotlashgan. SHu bois ular muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. YA’ni, ushbu shaxslarga nisbatan belgilangan barcha cheklov va majburiyatlar bekor qilindi.
SHu kuni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari hamda tuman ichki ishlar bo’limi xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori probatsiya guruhi nazoratida turgan ayollar bilan ularning muammolarini hal etish nuqtai nazaridan suhbat o’tkazdilar.
Tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhidagi muayyan hunarga ega bo’lmagan shaxslarni kasbga yo’naltirish choralari ham ko’rildi. CHunonchi, o’qish istagini bildirgan 7 kishi bilan tushuntirish ishlari olib borildi. SHu bilan birga ular tumandagi 2- son kasb-hunar maktabida o’quv va amaliy mashg’ulot jarayonlari bilan tanishtirildi.
Jizzax viloyat IIB axborot xizmati