Jizzax shahrida “Davomat” profilaktika tadbiri o’tkazildi
Jizzax shahar IIB JXX HPB inspektor-psixologlari tomonidan “Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan viloyat markazidagi bir nechta o’quv muassasalarida “Davomat” profilaktika tadbiri o’tkazildi.
Mazkur jarayonda 5- sonli o’rta umumta’lim maktabining bir qator sinflarida 7 nafardan 11 nafargacha o’quvchilar yo’qligi aniqlandi. 14- va 17- sonli o’rta umumta’lim maktablaridagi vaziyat ham ko’ngildagidek emasligi ma’lum bo’ldi.
Tadbir doirasida qarovsiz qolgan, 29- sonli o’rta umumta’lim maktabi o’quvchisi Jizzax viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko’rsatish markaziga joylashtirildi. Ayni vaqtda unga vasiy tayinlash choralari ko’rilayapti. Tadbirlar davomida tartib-qoidalarni buzayotgan hamda darslarda qatnashmayotgan o’quvchilar bilan profilaktik suhbatlar o’tkazildi.