Jizzax shahridagi O’rda ekologik bog’ida o’n ming qadam aksiyasi o’tkazildi
24 mart - Xalqaro silga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari boshlab berdi.
Ichki ishlar organlari xodimlari sport kiyimida erta tongdan Jizzax shahridagi O’rda ekologik bog’ida jam bo’ldi. Ular bog’ hududi bo’ylab o’n ming qadam bosib, badantarbiya mashqlarini bajardilar.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan piyoda yurish kamharakatlilik oqibatida kelib chiqayotgan ko’plab kasalliklarning oldini olish, turli kasalliklarga immunitet hosil qilishda koni foyda ekanligi qayd etilgan. E’tiborli jihati, yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda ko’p energiya sarflashning hojati yo’q, ijobiy ta’siri esa yuqori. Shu ma’noda mazkur tadbir jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida keng targ’ib etish, sog’lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.
Aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari haftaning shanba kunlari 10 ming qadam aksiyasida muntazam ishtirok etib keladi. SHuningdek, sport turlaridan musobaqalar uyushtirilayapti.
Ichki ishlar idoralari xodimlari boshlab bergan aksiya Jizzax shahridagi 30 dan ziyod korxona va tashkilotlar, muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolar, aholi ishtirokida davom etdi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.