31 Dekabr 2022 yil 482

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i general-mayor G’. T. Qodirovning kirib kelayotgan Yаngi – 2023 yil munosabati bilan soha xodimlari hamda faxriylariga yo’llagan bayram tabrigi

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, ofitserlar, serjantlar va safdorlar, qadrli faxriylar sizlarni Yаngi — 2023 yil bilan chin dildan qutlayman.

Aziz do’stlar!

Yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda Prezidentimiz rahbarligida YAngi O’zbekistonimizda barcha jabhalarda, xususan, ichki ishlar organlari tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Buni sohaga oid qonunlarni izchil takomillashtirish, tizim moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlardan sezish qiyin emas.

Mazkur yangilanishlar ona yurtimizning tinchligi, bag’rikeng xalqimizning osoyishtaligi hamda huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni maqsadda har bir mahalla o’z profilaktika inspektoriga ega bo’lishi choralari ko’rildi. SHuningdek, bir qator sohaviy xizmatlar maqbullashtirilib, departamentlar tashkil etildi. Tizimda psixolog inspektor, xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektor lavozimlari joriy qilindi. Ushbu o’zgarishlarga mos ravishda ichki ishlar organlari xodimlarining intelektual, jangovar va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, xizmat intizomi va qonuniylikni ta’minlash yuzasidan diqqatga molik tadbirlarga qo’l urilmoqda.

SHu o’rinda ta’kidlash kerak, Prezidentimizning “Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo’lsin”, degan fikri bugun sohada faoliyat olib borayotgan har bir qonun himoyachisining hayotiy shioriga aylangan. YA’ni soha vakillari jamoat xavfsizligini ta’minlash, qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga bor kuch va salohiyatlarini safarbar etmoqdalar.

Qolaversa, xizmatining mezoni adolat va el manfaatlari bo’lgan ichki ishlar organlari xodimlarining fidokorona mehnatlarini elimiz har qadamda his etadi va yuksak qadrlaydi. SHunday ekan hamisha ana shu ishonchga munosib qolishimiz shart.   

Qadrli hamkasblar!

Fursatdan foydalanib, sizlarni yurtimizga “Insonga e’tibor va ta’lim sifatini oshirish yili” sifatida kirib kelgan 2023 yil bilan chin yurakdan tabriklayman, barchangizga mustahkam sog’lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, muqaddas burchingizni bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Mamlakatimiz obod, har bir kunimiz osoyishta bo’lsin.

 Yаngi yilingiz muborak bo’lsin!

 

G’ayrat QODIROV,

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor.

Text to speech