31 Avgust 2022 yil 568

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i general-mayor G’.T.Qodirovning O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligiga 31 yil to’lishi munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

Bugun xalqimizning eng qutlug’ ayyomi – mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni, xususan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi, sohaviy xizmatlar hamda hududiy ichki ishlar bo’limlari shaxsiy tarkibini hamda xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan xodimlarning oila a’zolari va faxriylarimizni muborakbod etayotganligimdan mamnunman.

SHu ma’noda Mustaqillik tuyg’usi elimizni yanada jipslashtirib, har qanday qiyinchiliklarni mardonavor yengib, ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishda barchamizga cheksiz ruhiy qudrat manbai vazifasini o’tayotganligini alohida ta’kidlamoqchiman. YAna e’tirof etish joizki, o’tgan davrda el va inson aziz yangi O’zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egalladi hamda ulkan taraqqiyot yo’lini bosib o’tmoqda.

So’nggi yillarda Prezidentimiz boshchiligida vatan va xalq manfaatlari yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida yurtdoshlarimiz bir xalq sifatida birlashdi. Bu borada ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan vatanparvar, fidoyi, jasoratli va mard xodimlarning alohida o’rni borligi barchamizni haqli ravishda g’ururlantiradi.

O’z navbatida ularning mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, erkin va obod hayotimizni asrab-avaylash yo’lida olib borayotgan fidokorona xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholanmoqda. CHunonchi, Prezidentimizning 2022 yil 29 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz bir yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi farmoni asosida hamkasbimiz G’allaorol tumani IIB boshlig’i, podpolkovnik Isroiljon Nurmatov “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, o’z Vatani va burchiga sadoqatli, jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan siz fidoyi insonlarni el-yurtimiz yuksak qadrlaydi.

YAna bir bor barchangizni eng aziz bayramimiz – Mustaqillik ayyomi bilan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, uzoq umr, oilaviy totuvlik, dasturxoningizga to’kinlik, qut-baraka tilayman.

Mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo’lsin.

Text to speech