Jizzaxda sohaviy xizmatlarining bir guruh xodimlari harbiy qismda malaka oshirdi
SHarof Rashidov tumanidagi harbiy qismda ichki ishlar organlari xodimlari uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan o’quv amaliy kurslarida viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari vakillarining intellektual, jismoniy va jangovar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Aytish joizki, o’n besh kunlik o’quvda qatnashchilar mamlakatimizda qabul qilingan huquqiy hujjatlar, ichki ishlar organlari faoliyatiga oid qonun va me’yorlar to’g’risida ma’ruzalar tinglashdi. Bundan tashqari ularning safda yurish, qurol-yarog’lardan foydalanish, sport turlari bo’yicha ko’nikmalari boyitildi.
Tabiiyki, bunday tadbirlar xodimlarning xizmat faoliyatlarini samarali olib borishlari, jamoat tartibini saqlash va aholi tinchligini ta’minlashdagi shaxsiy javobgarligini oshirishda muhim o’rin tutadi.
Yig’in yakunida o’quv ishtirokchilarining bilim va ko’nikmalari sinovdan o’tkazilganligi to’g’risida sertifikatlar topshirildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.