Yo`l harakati xavfsizligini xodimlarining tungi faoliyati o`rganildi
Jizzax viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Islomjon
Ergashxo`jaev, viloyat IIB boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov hamda
O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat boshqarmasi, viloyat
favqulodda vaziyatlar hamda soliq boshqarmalari mas’ullari tomonidan YPX xodimlarining
yo`l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tungi faoliyati o`rganildi.
Bu jarayonda viloyat IIB JXX YXHB situasion markazining texnik imkoniyatlari
bilan tanishildi.
So`ng Toshkent-Termiz M-39 avtomobil yo`lining Paxtakor, Do`stlik tumanlari
hududidan o`tgan qismlarida xizmat olib borayotgan soha vakillari bilan muloqot
o`tkazildi. Do`stlik tumanidagi “Manas-14” hamda G`allaorol tumanida joylashgan
“Sangzor-15” yo`l-patrul xizmati maskanlariga ham borildi. O`z navbatida
mutasaddilarga yo`l-ulov hodisalarining oldini olish, mavjud kamchiliklarni
bartaraf etish bo`yicha topshiriqlar berildi.