Faoliyat tahlil qilindi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi
boshlig`ining o`rinbosari, podpolkovnik Azizbek Habibullaev rahbarligida
yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishda viloyat ichki ishlar boshqarmasi Migrasiya va
fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning joylardagi tizimlari
tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va
yo`l qo`yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Mazkur tadbirda viloyat Migrasiya
va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i, polkovnik Davron
Norchaevning hisoboti tinglandi.
Qayd etilishicha, joriy yilning o`tgan oyda viloyatda
67 yarim mingga yaqin fuqaroga ИД kartalar va 23 ming 912 kishiga xorijga
chiqish uchun biometrik pasportlar rasmiylashtirib berildi. Yig`ilishda amalga
oshirilgan ishlar bilan bir qatorda yo`l qo`yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil
qilinib, fuqarolarga davlat xizmati ko`rsatishni yanada yaxshilashga qaratilgan
zarur choralar belgilandi.
Bundan tashqari shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Jizzax viloyati bo`yicha bo`limi mutasaddilari tomonidan xizmat intizomi va
qonuniylikka rioya qilish lozimligi ta’kidlandi.
Yig`ilish davomida ijobiy ko`rsatgichlarga erishib,
hamkasblariga o`rnak bo`lib kelayotgan soha xodimlari munosib
rag`batlantirildi.