26 Oktyabr 2021 yil 672

Yo’l-transport hodisalari

Jizzax viloyati Zafarobod tumani YOrqin mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” Jizzax shahrining Toshloq mahallasida qarama-qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan SHarof Rashidov tumani Saroylik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Takuma”ga to’qnashgan.

Oqibatda “Lasetti” haydovchisi chap tizza qopqog’ining o’rta qismidan ochiq sinib siljishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

SHunigndek, SHarof Rashidov tumani Ravot qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Neksiya” Jizzax shahrining Mirzo Ulug’bek mahalla fuqarolar yig’ini hududida SHarof Rashidov tumanining Qulama qishloq fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” bilan to’qnashgan.

Natijada “Neksiya” yo’lovchisi ko’krak qafasi yopiq jarohati, 2-,3- qovurg’alarning yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

YAna bir holat. SHarof Rashidov tumani hududidan o’tgan Jizzax – Qo’qon A-376 yo’lining 287- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi.

SHarof Rashidov tumani Xovostlik mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Spark”ning rul’ boshqaruvini yo’qotdi va avtoluov yo’l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda haydovchi bosh miya chayqalishi, avtoulov yo’lovchilari, Jizzax shahrining Sangzor mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs bosh miya chayqalishi hamda shu manzilda yashovchi bola o’ng oyoq ichki to’pig’ining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Text to speech