29 Dekabr 2021 yil 621

Yo’lovchi vafot etdi

Jizzax viloyati G’allaorol tumani Mirzabuloq qishloq fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan Toshkent – Termiz M-39 yo’lining 1021- kilometrida yo’l-ulov hodisasi ro’y berdi.

Farg’ona viloyati Buvayda tumani Qo’rg’oncha qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi shaxs ixtiyoridagi “Neksiya”ning boshqaruvini yo’qotdi va avtoulov yo’l chetidagi beton ustunga urildi.

Oqibatda mazkur avtomashina yo’lovchisi, Farg’ona viloyati Bag’dod tumani Qirg’ali mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs tan jarohatlari olib, shifoxonada ko’rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Text to speech