Faoliyat tahlil qilindi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida jinoyat qidiruv, jamoat xavfsizligi xizmati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimlari hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbar va o`rinbosarlari ishtirokida videoselektor yig`ilishi tashkil etildi. Boshqarma boshlig`i raisligida o`tgan tadbirda soha vakillarining joriy yilning o`tgan davridagi faoliyati tahlil qilindi.
Mazkur jarayonda Ichki ishlar vazirining 2025 yil 9
apreldagi “Xavfsiz va Sog`lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarini samarali tashkil
qilish, xususan, kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir etuvchi shaxslarni aniqlash
va ularning qonunga zid xatti-harakatlariga chek qo`yish, giyohvandlik va
psixotrop moddalar savdosi, ko`cha bezoriligi, guruh bo`lib jinoyatga qo`l
urish, qurol-yarog` va o`q-dorilarni noqonuniy saqlash kabi
qonunbuzarliklarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
O`z navbatida, bu yo`nalishda yo`l qo`yilgan
kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha ichki ishlar organlari organlari va
sohaviy xizmatlar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Shuningdek, yig`ilishda
“Qoradori - 2025” tezkor tadbirlarini o`tkazish, qidiruv ishini tashkil etish,
ob’ektlarga yuzni tanib oluvchi kuzatuv kameralarini o`rnatish hamda
qurilmalarni “Qalqon” platformasiga integrasiya qilish masalalari ko`rib
chiqildi.
Bundan tashqari, “E-material” tizimiga materiallarni
kiritish, yurituvdagi ish hujjatlari va aholi murojaatlarini ko`rib chiqish,
jinoyat ishi qo`zg`atilishi borasidagi vazifalariga sovuqqonlik bilan
yondashayotganlar tanqid ostiga olindi va kamchiliklarni bartaraf etish
muddatlari belgilandi. Yig`ilishda bir qator mutasaddilarning hisobotlari
tinglandi. Yakunda ko`tarilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul
qilindi.