Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida o’quv mashg’uloti uyushtirildi
“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi probatsiya bo’limi tomonidan o’quv mashg’ulot uyushtirildi. Jizzax shahar va barcha tumanlar ichki ishlar organlari probatsiya guruhlari mas’ul xodimlari ishtirokidagi tadbirda joriy yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Prezident farmoni mazmun mohiyati tushuntirildi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirining 21 oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash, kelgusidagi vazifalar xususida ham so’z bordi. SHuningdek, faoliyatga doir huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, xizmat faoliyati samaradorligini oshirish, ijro intizomi va qonunchilik talablariga rioya etish zarurligi uqtirildi.
Mashg’ulot davomida jangovar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari haqida tushuncha berildi. SHu barobarida ulardan foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, to’liqsiz qismlarga ajratish va yig’ish ko’nikmalari mustahkamlandi.