15 Iyun 2023 yil 368

Kinologlar bolajonlar huzurida

Jizzax viloyati IIBga qarashli “Zomin” sog’lomlashtirish oromgohida bolajonlarning mazmunli hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar uyushtirilmoqda. Navbatdagi tadbir viloyat IIB JXX JTSB kinologiya bo’linmasi xodimlari tomonidan tashkil qilindi.

Tadbir avvalida o’g’il-qizlarga ichki ishlar organlarining tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va uning oldini olish, bu borada kinologiya bo’linmasi xodimlari va xizmat itlarining vazifalari xususida ma’lumot berildi. SHu bilan birga xizmat itlarini parvarishlash, jarayonda ularni iz qidirish, giyohvand va portlovchi vositalarni qidirib topish, ob’yektlarni qo’riqlash, jinoyatchilarni tutish, jamoat tartibini saqlashga oid ko’nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg’ulotlar olib borilishi tushuntirildi.

SHu kuni kinologlar xizmat itlari yordamida umumiy va maxsus kurs yo’nalishlari bo’yicha ko’rgazma namoyish etishdi. Xususan, xizmat itlarining buyruqlarni bajarishi, iz olish, giyohvandlik vositalarini qidirib topish ko’nikmalari ko’rsatib berildi.

Tadbir davomida oromgoh dam oluvchilari soha vakillari va ularga biriktirilgan xizmat ilarini parvarishlash, ularni xizmatga o’rgatishga oid savollariga javob olishdi. Qisqasi ko’rgazmali tadbir bolajonlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Text to speech