26 Oktyabr 2022 yil 869

“Kobalt” qarama qarshi yo’nalishda harakatlanayotgan “Neksiya” avtotransport bilan to’qnashdi

Arnasoy tumani Bobur mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tgan “Zafarobod – Arnasoy - Do’stlik” yo'nalishida SH.Rashidov tumani Qahramon mahalla fuqarolar yig’inida yo’l transport hodisasi sodir bo’ldi. 1983 yilda tug’ilgan fuqaro X. A.  “Kobalt” rusumli avtoulovni tegishli hujjatlari bilan Do’stlik yo’nalishi bo’yicha boshqarib kelayotib, qarama-qarshi yo’nalishda harakatlangan, Do’stlik tumani istiqomat qiluvchi fuqaro H. J. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtoulovi bilan to’qnashgan.

Oqibatda “Kobalt” rusumli avtoulov haydovchisi A. X. tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasida ko’rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: